22:26 / 26.07.2016
6762

«MYu» va «Yuventus» Pogbaning transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi

«Yuventus» jamoasi bosh direktori Beppe Marotta ofisidan chiqishda o‘zini to‘xtatgan muxbirlarga «Napoli» hujumchisi Gonsalo Higuainning transferi haqida ma'lumot berar ekan, Pol Pogba bilan bog‘liq vaziyatga izoh berib o‘tdi.

«Biz Higuainning transferini yakunladik. Barcha zarur ishlar amalga oshirildi.

Pogba «Manchester Yunayted»ga o‘tadimi? Ko‘ramiz, bu jarayon qanday yakun toparkan. Hozircha muzokaralar to‘xtatilgan», – degan Marotta.

Bundan oldingi xabarlarda «Yuventus» Higuainni 90 million yevroga transfer qilgani va «MYu»ning Pogba uchun 120 million yevrolik taklifini rad qilgani aytilgandi.

Turinliklar tarkibni kuchaytirib, yangi mavsumda YeChL chempionligini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan. Manchesterliklar jamoasining YeChLda ishtirok etmasligi, Pogbaning transferi amalga oshmasligiga sabab bo‘lishi mumkinligi aytilgan.

Manba: Tribuna.uz

Top