Jahon | 21:45 / 26.07.2016
6551
1 daqiqa o‘qiladi

Ozarbayjondagi portlash tufayli jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilganlar soni 24 nafarni tashkil qilmoqda

Ozarbayjonning Shirvon shahridagi qurol zavodida yuz bergan portlash oqibatida jarohatlanib shifoxonaga keltirilganlar soni 24 nafarga yetdi. Ulardan 3 nafarining ahvoli og‘ir.

Bundan avvalgi xabarlarda ushbu hodisa tufayli 1 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.

"Araz" zavodidagi portlashga chiqindi sifatida ajratilgan mahsulotlarda chiqqan chaqin sabab bo‘lgan. Chaqin 146 tonna miqdoridagi mahsulotga o‘tgan. Portlashdan keyin yong‘in chiqqan.

Portlash ovozi 10 km radiusda eshitilgan.

Hozirda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.