Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik mashhurlar Tramp nomzodiga qarshi kampaniya boshladi
1000 nafardan ortiq amerikalik mashhurlar AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan bo‘lgan Donal Trampning nomzodiga qarshi kampaniya boshlashdi. Bu haqda Policy.Mic portali xabar bermoqda.
Sayt mashhurlarning maktubi bilan tanishib chiqqan. Unda taniqli namoyondalar Tramp tomonidan ilgari surilayotgan “nafratga to‘la g‘oyani qo‘llab-quvvatlamasliklarini” bildirib o‘tishgan.
Ma'lum bo‘lishicha, maktubda nomlari keltirilgan mashhur shaxslar orasida aktyorlar Mark Ruffalo, Oliviya Uayld, Julianna Mur, Meg Rayan, rejissyor Maykl Mann, musiqachi Mobi va boshqalar bor.