Harbin Electric O‘zbekistonda 1 mlrd dollarlik loyihani amalga oshirmoqchi
Xitoyning Harbin Electric International kompaniyasi yaqin besh yilda O‘zbekiston elektrenergiyasi ishlab chiqarish sohasida bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.
Issiqlik va gidroelektr energiyasi ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi Xitoy kompaniyasi O‘zbekiston bilan umumiy qiymati 1 mlrd AQSh dollarini tashkil etishi mumkin bo‘lgan yangi qo‘shma loyihalarni muhokama etmoqda. Ayni vaqtda, Harbin Electric Respublikada Angren IESni ishga tushirish ishlarini yakunlamoqda.
Mazkur shartnoma Harbin Electric International bilan 2012 yili imzolangan edi. Uning narxi 226 mln dollarni tashkil etgan. Loyiha XXR Eksimbankining 165,6 million dollarlik krediti hamda "O‘zbekenergo"ning 75,1 million dollarlik o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.