18:12 / 27.07.2016
8499

Qozog‘istonda yangi pul birliklarini amaliyotga kiritish taklifi bildirildi

Foto: NB.KZ

Qozog‘iston Musulmonlar ittifoqi va Markaziy Osiyoda inson huquqlari bo‘yicha Musulmon qo‘mitasi mamlakatda 20 000, 50 000 va 500 000 tenge qiymatiga ega yangi pul birliklarini amaliyotga kiritish taklifini ilgari surmoqda, deb xabar qilgan NUR.KZ.

Ushbu tashkilotlar Qozog‘iston Markaziy bankiga: 1 qo‘zichoq (yagnenok), 1 katta qo‘y, 1 ot pul birliklarini joriy qilish g‘oyasini bildirgan.

«Musulmon iqtisodchilar fikricha, 1 qo‘zichoq 20 000 tengega, 1 katta qo‘y – 50 000 tengega va 1 ot – 500 000 tengega teng keladi. Vaqti kelib, milliy qadriyatlar nafaqat mamlakatda balki xorijda ham muvaffaqiyatli muqobil pulga aylanishi mumkin, deyishmoqda ekspertlar». 

Tashkilotlar rahbariyatining ishonchiga ko‘ra, bu chora mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirib, moliyaviy va boshqa firibgarliklarga barham berishda yordam beradi.

Top