Jahon | 15:34 / 27.07.2016
3852
1 daqiqa o‘qiladi

Nepalda suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 33 nafarga yetdi

Nepalda suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 33 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda «Frans Press» agentligi xabar tarqatdi.

Qurbonlar orasida 2 nafar bola borligi aytilgan. Ular mamlakat poytaxti Katmandu shahridagi maktab binosi qulashi tufayli halok bo‘lgan.

Shuningdek, 23 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Tabiiy ofat mamlakatning bir nechta hududida o‘nlab binolarga zarar yetkazgan, yo‘llar va muhandislik infratuzilmalari vayron bo‘lgan.

Suv toshqini kuzatilgan hududlarga jabrlanganlarga yordam berish uchun harbiy xizmat va politsiya xodimlari yuborilgan.