20:09 / 27.07.2016
8605

Putin: “Uzoqni ko‘ra olmaydigan siyosatchilar sportni ham o‘z holiga qo‘yishmaydi”

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, rossiyalik yengil atletikachilarga nisbatan qasddan maqsadli aksiltashviqot olib borilgan. 

«Uzoqni ko‘ra olmaydigan siyosatchilar, garchi aynan sport xalqlarni yaqinlashtirish va davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni yengillashtirishga xizmat qilsa-da, uni ham o‘z holiga qo‘yishmaydi. Yuzaga kelgan vaziyat, nafaqat huquq doirasidan, balki sog‘lom fikrdan ham chetga chiqqan. Sportchilarimiz nishonga olingan maxsus kampaniya ham sport qoidalariga umuman mos kelmaydigan ma'lum va mashhur ikki xil me'yorlar, standartlarni qo‘llashni nazarda tutdi. Aslida, adolat yuzasidan aytganda, jamoaviy majburiyat va jazolash huquqiga ham mos kelmaydi», — deya Putin so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Top