Jahon | 15:26 / 27.07.2016
4727
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyaning Qamishli shahridagi portlash oqibatida 44 kishi halok bo‘lib, 170 kishi jarohatlandi

Suriya g‘arbidagi Qamishli shahrida amalga oshirilgan terakt oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi. Jarohatlanganlar soni 170 nafar atrofida.

Kurdlar nazoratida bo‘lgan bu shaharning g‘arbida avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma harakatga keltirilgan.

Bu shahar Turkiya bilan chegarada joylashgan.

"Al-Jazira" telekanali ma'lumotiga ko‘ra, bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.