Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 19:17 / 27.07.2016
4432
1 daqiqa o‘qiladi
So‘rovnoma: 41 foiz ruslar oziq-ovqatga va kiyim-kechakka puli yetmayotganini ta'kidladi
Foto: nvdaily
Rossiyada o‘ziga xos so‘rovnoma o‘tkazildi. Barcha sohadagi savollar bilan aholiga murojaat qilinadigan #Ochig‘iniAytishdanQo‘rqmayman xeshtegi bilan o‘tadigan so‘rovnomada bu gal aholining ijtimoiy holati «tekshirib ko‘rildi».
Rossiyaning 46 regionidagi 130 ta aholi yashash punktida o‘tkazilgan so‘rovda qatnashganlarning 23 foizi o‘zining moliyaviy ahvolini «yomon» yoki «juda yomon» deb hisoblaydi.
So‘rovda qatnashganlarning 41 foizi esa oziq-ovqat hamda kiyim-kechakka puli yetmayotgani haqida «ochig‘ini aytishdan tortinmagan».
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish