12:23 / 27.07.2016
4719

Zidan: «Real» Pogbaning transferi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogbani sotib olish borasida muzokara davom etayotganini ma'lum qildi.

«Biz Polning transferi borasida ishlarni davom ettirmoqdamiz. Bundan ortiq hech narsa ayta olmayman. 31 avgustga qadar istalgan ish ro‘y berishi mumkin. Ayni vaqtda Pogba «Real» futbolchisi emas va kelajakda shunday bo‘lishiga va'da ham bera olmayman.

Men hamisha real vaziyatlar haqida gapiraman.

Ko‘p futbolchilar Polga qiziqish bildirmoqda. «Real» ham hamisha eng yaxshi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oladi. Ammo biz «Yuventus»ning pozitsiyasini hurmat qilamiz. Boshqa hech narsa deya olmayman», - degan Zidan.

Bundan oldinroq «Yuventus» direktori Beppe Marotta Pogbaning «MYu»ga o‘tishi bo‘yicha muzokaralar to‘xtagani haqida ma'lum qilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top