21:16 / 28.07.2016
7249

Avstraliyalik robot ikki kun ichida uy qurmoqda

Avstraliyaning Fastbrick Robotics kompaniyasi namunali kottejni ikki kun ichida qura oladigan robot yaratdi. Adrian ismli robot g‘ishtlarni quruvchilardan tezroq tera oladi, uning ishiga to‘lanadigan haq esa 10 foizga kamroqni tashkil qiladi, deb yozmoqda International Business Times.

Robotni 122 yilda Yevropada Adrian devori – 100 km dan uzoqroq uzunlikka ega mudofaa istehkomini qurgan rim imperatori Andrian sharafiga nomlandi. Mashina soatiga 225 ta g‘isht tera oladi. O‘rtamiyona quruvchi bunday miqdordagi g‘ishtni terishi uchun yarim kun talab etiladi.

Robotni yaratgan Fastbrick Robotics rahbari Mayk Pivak va uning amakivochchasi Mark yanada mukammolroq qurilma – bir soatda mingta g‘isht tera oladigan robotni yaratish ustida ishlashmoqda. Ular robotlarni AQShda sotishmoqchi.

Top