Jahon | 17:33 / 28.07.2016
5492
1 daqiqa o‘qiladi
Yerevan politsiyasi namoyishlar o‘tayotgan hududda 66 kishini qo‘lga oldi
Armaniston politsiyasi 27 iyul kuni tunda Moases Xorenatsi ko‘chasi va uning atrofidagi hududlarda 66 kishini qo‘lga oldi. Ayni damda ulardan 61 nafari qo‘yib yuborilgan. Bu haqda mamlakat politsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
17 iyul kuni Yerevanning Moases Xorenatsi ko‘chasida odamlar to‘planib, politsiyaning qurolli guruhga qarshi maxsus operatsiyasiga qarshilik ko‘rsatish maqsadida ularni o‘rab oldi. Namoyishchilar 20 iyul kuni tunda politsiya qatorini buzishga urinib ko‘rishdi. Yerevandagi tibbiyot muassasasida bo‘lgan to‘qnashuvda 51 kishi, jumladan, 29 politsiya xodimi qatnashdi. Politsiya 136 kishini qo‘lga oldi.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, chorshanba kuni tunda politsiya aksiya o‘tayotgan hududda ommaviy qo‘lga olish o‘tkazgan.