09:50 / 28.07.2016
4386

International Champions Cup. «Milan» penaltilar seriyasida «Bavariya»ni mag‘lub etdi

International Champions Cup musobaqasi doirasida «Milan» va «Bavariya» klublari Chikago shahrida o‘zaro bahs olib borishdi. O‘yinning asosiy vaqtida 3:3 hisobi qayd etildi.

M'Bayye Nyang 23-daqiqada gol urib, milanliklarni oldinga boshladi, lekin birinchi bo‘limning o‘zida Riberi va Alaba urgan gollar evaziga germaniyaliklar ustunlikka erishdi. 

Ikkinchi bo‘lim avvalida Bartolochchi hisobni tenglashtirdi, 61-daqiqada esa Kutska "rossonerilar"ni yana oldinga olib chiqdi. O‘yinning so‘nggi daqiqasida Frank Riberi penaltidan hisobni tenglashtirdi - 3:3. 

Reglamentga ko‘ra, o‘yindan keyin jamoalar penaltilar seriyasida o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. Unda «Milan» 5:3 hisobida g‘olib chiqdi. Myunxenliklar tomonidan to‘rtinchi bo‘lib nuqtaga yaqinlashgan Rafinyaning zarbasini Donnarumma qaytardi. 

Qayd etish kerakki, bu o‘yin uchun ikki jamoa ham 1 ochkodan oladi, penaltilar seriyasi rasmiyatchilik uchun.

International Champions Cup-2016, Chikago, AQSh
Bavariya – Milan – 3:3 (2:1)
Gollar: 0:1 – Nyang (23). 1:1 – Riberi (29). 2:1 – Alaba (38). 2:2 – Bartolachchi (49). 2:3 – Kutska (62). 3:3 – Riberi (90-penalti).
«Bavariya»: Ulrayx, Rafinya, Xavi Martines, Badshtuber (Feldxan, 31), Alaba, Lam, Alonso, Riberi, Tiago Alkantara, Bernat, Grin.
«Milan»: Donnarumma, Abate, Romanoli, Paletta, Antonelli, Poli, Montolivo, Bertolachchi, Suso, Nyang, Bonaventura.

Ogohlantirishlar: Alonso, 11; Feldxan, 33; Benko, 67; Pantovich, 90+2.

Top