16:44 / 28.07.2016
3586

Toshkent shahridagi Inha universitetida odam savdosi muammosiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan “Odam savdosiga qarshi kurashishda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarning hamkorligi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Har yili dunyo bo‘yicha 2 million 800 ming kishi odam savdosidan jabr ko‘rmoqda. Mamlakatimizda ushbu jinoyatga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, keng jamoatchilik hamkorlikda kurashayotgani o‘z samarasini bermoqda. 

Davra suhbatida odam savdosining oldini olish bo‘yicha hamkor tashkilotlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida fikr almashildi.

Top