Light | 21:20 / 29.07.2016
11615
1 daqiqa o‘qiladi

58 dollarga Shanxayni 340 metr balandlikdan to‘siqsiz tomosha qilish mumkin

Dunyodagi eng baland minoralardan biri bo‘lgan Shanxaydagi Tszin Mao minorasi o‘ziga xos tomosha maydonchasini ochdi. Faqat bu yangilik ko‘ngli bo‘shlar uchun emas.

Minoraning umimiy balandligi 421 metr. Undagi oxirgi qavat 366 metr balandlikda joylashgan. Tomosha maydonchasi esa 340‑metrda. Oyoq ostida oyna qo‘yilgan, old tomonda esa hech qanday to‘siq yo‘q. Tomoshaga kelganlar belidan maxsus himoya ipi bilan bog‘lanadi.

Tomosha maydonchasiga bir vaqtning o‘zida 15 kishi chiqishi mumkin. Bir marta chiqish 58 dollar turadi. Sayohatchilar maxsus guruh tomonidan himoya qilinadi.