10:39 / 29.07.2016
9846

Eronda velosipedda ketayotgan ayollar qo‘lga olindi

Foto: Iranfocus.com

Eronda bir guruh ayollar velosiped boshqarganlari uchun qamoqqa olindi, deb xabar qilmoqda Eron Milliy qarshilik kengashi.

Tashkilot saytida aniqlik kiritilishicha, ayollar 26 iyul kungi velomusobaqada ishtirok etmoqchi  bo‘lganlar. Musobaqada ishtirok etuvchilar Marivan shahri markazidan Zarivar ko‘ligacha bo‘lgan 5 kmlik masofani bosib o‘tishlari kerak bo‘lgan. Biroq, ayollar jamoasiga politsiya xodimlari kelib, hukumatning yangi buyrug‘iga asosan, ayollarning jamoat joylarida velosiped uchishlari noqonuniy ekanini bildirishgan. 

Huquq posbonlari qoidabuzarlardan jamoat joylarida boshqa velosiped uchmasliklari to‘g‘risidagi tushuntirish maktubini olganlaridan keyin, ularni qo‘yib yuborishgan. Faolroq qarshilik ko‘rsatganlar politsiya mahkamasiga olib ketilgan.

Top