23:24 / 29.07.2016
7332

Kristian Viyeri 43 yoshida futbolchilik faoliyatiga qaytmoqda

Italiya terma jamoasining sobiq futbolchisi, o‘z vaqtida "Latsio", "Inter", "Yuventus" va "Atletiko" klublarida yulduzlik davrini o‘tkazgan Kristian Viyeri 43 yoshida professional futbolchilik faoliyatiga qaytganini e'lon qildi.

"Menda ajoyib yangilik bor. "Bobo" qaytdi va Xitoyda o‘ynaydi! 5 oy oldin vaznim 101 kg edi, hozir 91 kg. Men 10 kilogrammga ozdim. Yana 2 kg ozaman va futbol o‘ynashga tayyor bo‘laman. Kuningiz yaxshi o‘tsin", degan Viyeri Instagramdagi sahifasi orqali.

Viyeri Italiya chempioni bo‘lgan, Yevropa Superkubogi, Kubok egalari Kubogi, Italiya Kubogi va Superkubogida g‘olib chiqqan. U 2009 yilda "Atalanta"dan ketgach, futbolchilik faoliyatini yakunlagan edi.

Top