Jahon | 22:36 / 29.07.2016
5966
1 daqiqa o‘qiladi
Mussolinining vatanida fashistik ramzlar ifodalangan suvenirlar sotish taqiqlandi
Italiyalik diktator Benito Mussolino vatani bo‘lmish Emiliya-Romanya viloyati hududida u tug‘ilgan kunga 133 yil to‘lgan kundan boshlab fashistik ramzlar ifodalangan suvenirlar sotilishi taqiqlandi.
Gazzetta di Reggio nashri xabariga ko‘ra, viloyat hududiy kengashi shunday qaror chiqargan.
Mussolini 1883 yilning 29 iyulida Emiliya-Romanya viloyatidagi Predappio shaharchasida (Bolonya shahridan 90 km masofada) dunyoga kelgan.
Tegishli hujjat e'lon qilinishi bilanoq viloyat hududida bu taqiq bo‘yicha bahs-munozaralar boshlanib ketgan.