Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov: Putin Antalyadagi Rossiya-Turkiya uchrashuviga borishi mumkin, ammo hali safar rejalashtirilmagan
Rossiya prezidentining matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskov davlat rahbari Vladimir Putinning Rossiya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasida avgust oyi oxirida o‘tkazilishi kutilayotgan o‘rtoqlik uchrashuviga borishi mumkinligini istisno etmadi.
"Hozir grafikda bu safar belgilanmagan. Hozir prezident Turkiyaga futbol ko‘rish uchun boradi, deb ayta olmayman. Lekin hech narsani istisno qilib bo‘lmaydi", degan u jurnalistlarga.
Ayni vaqtda Turkiya futbol federatsiyasi hamda Rossiya Futbol ittifoqi tomoni ikki terma jamoaning o‘rtoqlik uchrashuvini tashkillashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Bundan oldinroq, Turkiyadagi nashrlardan birida avgust oyi oxirida Antalya shahrida Turkiya va Rossiya milliy terma jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi, Turkiya rahbari Rajab Erdo‘g‘an 9 avgust kuni Sankt-Peterburgga safari vaqtida Vladimir Putinni bu uchrashuvni birga stadionda o‘tirib ko‘rishga taklif qilishi haqida xabar berilgandi.