21:55 / 29.07.2016
5564

O‘zbekiston kubogi, 1/4 final. Ilk uchrashuvda «Bunyodkor» «Metallurg»ni yengdi, javob uchrashuvi qachon o‘tkazilishi noma'lum

O‘zbekiston kubogining chorak final bosqichida doirasida «Bunyodkor» va «Metallurg» jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda "qaldirg‘ochlar" 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi. 

Birinchi bo‘limda bekobodlik darvozabon va himoyachilarning qo‘pol xatosidan so‘ng Dostonbek Hamdamov hisobni ochdi. Gollarning qolgani uchrashuvning so‘nggi 20 daqiqasiga to‘g‘ri keldi. 65-daqiqada zaxiradan tushgan Shohrux Gadoyev 70-daqiqada toshkentliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 

Qayd etish kerakki, bu uning jamoadagi debyut uchrashuvda gol urishi bo‘ldi.

75-daqiqada Zohid Abdullayev birga bir vaziyatda Murod Zuxurovni dog‘da qoldirdi. O‘yinning so‘nggi daqiqasida qarshi hujumda Gadoyevning uzatmasidan keyin Sardor Azimov yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va imkoniyatdan samarali foydalandi - 3:1. 

Hozircha Bekobodda o‘tkaziladigan javob o‘yini muddati noma'lum. 

O‘zbekiston kubogi. Chorak final, dastlabki o‘yin
“Bunyodkor” - “Metallurg” - 3:1
Gollar: Dostonbek Hamdamov (13), Shohrux Gadoyev (70), Sardorbek Azimov (90) — Zohid Abdullayev (75)

"Bunyodkor": Murodjon Zuhurov, Akramjon Komilov, Minori Sato, Eldor Shomurodov (Sardorbek Azimov, 86), Dilshodbek Ahmadaliyev, Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O‘rinboyev (Shahzodbek Nurmatov, 51), Rustamjon Ashurmatov, Otabek Shukurov (Shohruh Gadoyev, 65), Yuritsa Bulyat, Aleksandar Alempiyevich.

"Metallurg": Zafar Safoyev, Hikmat Hoshimov, Dilmurod Karimov (Farruh Shotursunov, 67), Doniyor Odilov (Islomjon Qobilov, 71), Ayubxon No‘'monov, Javohir Esonqulov (Saidjon Abdujabborov, 82), Davronbek Karimqulov, Zohid Abdullayev, Mirg‘iyos Sulaymonov, Murodjon Toshmatov, Jahongir Abdumo‘minov.

Top