WhatsApp chatlarni o‘chirilgandan keyin ham saqlashi ma'lum bo‘ldi
WhatsApp messenjeri chatlardagi yozishmalarni o‘chirilgandan keyin ham saqlashi ma'lum bo‘ldi. Buni xavfsizlik bo‘yicha mutaxassis Jonatan Zdziarski aniqladi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.
Mutaxassis dasturning oxirgi versiyasini o‘rganib, messenjer ma'lumotlarni iCloud bulutli saqlagichiga foydalanuvchi ularni o‘chirib tashlagandan keyin ham uzatishini aniqladi.
Zdziarskining aytishicha, yozishmani olish uchun unga jismoniy kirishga ega bo‘lish zarur, biroq bu baribir xavf yaratadi.
Bundan tashqari, gap iOS-qurilmada o‘rnatilgan WhatsApp haqida ketayotgani sababli yozishmalarga bulutli saqlagichning zaxira nusxasiga ega bo‘lib ham kirish mumkin. Misol uchun, bunday usuldan maxsus xizmatlar foydalanishi mumkin.
Avvalroq rossiyalik tadqiqotchilar Facebook va WhatsApp akkauntlarini unga bog‘langan mobil telefon raqaminigina bilgan holda kirish mumkinligini namoyish qilishgandi.