Jahon | 18:15 / 30.07.2016
13272
1 daqiqa o‘qiladi
«Tolibon» Xitoy orqali Afg‘onistondagi g‘arb zo‘ravonlaridan dunyoni xabardor qilmoqchi
«Tolibon» radikal guruhi rasmiy tashrif bilan Xitoyga bordi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Manbada aytilishicha, tomonlar Afg‘onstondagi notinch vaziyat haqida gaplashishgan. «Tolibon» delegatsiyasini to‘daning Qatardagi yetakchisi Abbos Stanakzay boshqargan. Uchrashuv Pekinda 18-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan.
«Tolibon»ning tashrifdan maqsadi Xitoyning jahondagi mavqeyini inobatga olgan holda aynan Xitoy xalqaro maydonga Afg‘onistondagi g‘arb mamlakatlarining zo‘ravonliklarini olib chiqishini xohlashgan.