07:47 / 30.07.2016
9860

Tramp internetga rafiqasining nutqi vaqtida uxlab qolgan Bill Klintonning videosini joylashtirdi

AQSh prezidenti lavozimiga kurashda Xillari Klintonning raqibi Donald Tramp Demokratlar partiyasi qurultoyidan olingan videoni chop etdi. Unda Xillari Klintonning turmush o‘rtog‘i Bill Klinton rafiqasi minbardan turib nutq so‘zlayotgan vaqtida ko‘zi yumuq holda o‘tirganini ko‘rish mumkin. 

Respublikachilar vakili bo‘lgan Tramp ushbu videoga zaharxandalik bilan izoh berdi. Tramp video ostida "Uyg‘onish va Amerikani yana buyuk qilish vaqti keldi!" degan yozuv bitgan. Tramp Bill Klintonning charchab uxlab qolganini esa rafiqasining yolg‘onidan "to‘ygani" bilan tushuntirgan.  

"Hattoki Bill ham yolg‘ondan charchadi, bu achinarli", deb yozgan Tramp.

Top