12:00 / 30.07.2016
7034

Zidan: «Real»da yangi o‘yinchilar? Mavsum oxirigacha ko‘p narsa bo‘lishi mumkin

Madridning «Real» jamoasi ustozi Zinedin Zidan, yozgi transferlar oynasi yopilgunicha, jamoa tarkibiga yangi o‘yinchilar kelishi mumkinligini rad etmadi. 

«O‘ylaymanki, dunyoning eng yaxshi klubi bizning jamoadir. Biroq, biz buni isbotlashimiz kerak. Shu bois, ayni vaqtda qattiq ishlamoqdamiz. Transferlar borasida esa, 31 avgustgacha ko‘p narsa bo‘lishi mumkin, deya olaman. Men o‘yinchilarimdan ko‘nglim to‘q. Ular yangi mavsumga ter to‘kib tayyorlanmoqda. Murabbiy uchun asosiysi shu. Men iqtidorli o‘yinchilar jamoasi bilan ishlamoqdaman», - deya Zidan so‘zlarini keltiradi FourFourTwo.

Manba: Tribuna.Uz

Top