Jamiyat | 23:31 / 31.07.2016
7871
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikancha futbol o‘yinchisi va uning rafiqasi o‘z uyida otib ketildi

Foto: Former NFL

Amerikancha futbolning sobiq o‘yinchisi Antonio Armstrong va uning rafiqasi Xyustondagi uylarida otib ketildilar. Juftlikning qotilligi bo‘yicha ayblov ularning 16 yoshli o‘g‘liga e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Slick2houston.

Juftlik 29 iyulda o‘ldirilgan. Ularning jasadlari yotoqxonalarida aniqlangan. Futbolchining rafiqasi voqea joyida halok bo‘lgan, futbolchi esa boshidan o‘qotar jarohat bilan shifoxonaga yetkazilgan va keyinroq u yerda jon bergan. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, otishma vaqtida futbolchining 3 farzandidan ikki nafari uyda bo‘lgan. Ulardan hech kim jabrlanmagan. 

Qotillikning mumkin bo‘lgan sabablari ma'lum qilinmagan. Tergovchilarning aytishicha, uyga kimningdir bostirib kirgani alomatlari va yotoqxonada kurashish izlari borligi aniqlanmagan.
Politsiya Armstronglar oilasi "namunali" oila, 43 yoshli futbolchining o‘zi esa oilaning g‘amxo‘r boshlig‘i, rafiqasi esa "bag‘rikeng ona" sifatida ta'riflagan.