09:32 / 31.07.2016
6245

International Champions Cup. "Liverpul" "Milan"dan ustun keldi

International Champions Cup turnirining 2-tur uchrashuvlari doirasida "Liverpul"-"Milan" uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda Origi va Firmino urgan gollar evaziga mersisaydliklar jamoasi ustun keldi.

Ikki gol ham ikkinchi bo‘limda darvoza to‘ridan joy oldi. 59-daqiqada belgiyalik Divok Oriji hisobni ochdi. 74-daqiqada Roberto Firmino Gabriel darvozasini aniq nishonga oldi.

Klopp shogirdlari birinchi turda "Chelsi"ga mag‘lub bo‘lgandi, "Milan" esa "Bavariya" bilan durang o‘ynagandi. "Liverpul" 3 ochko to‘plagan holda Shimoliy Amerikadagi jamoalar orasida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi, "Milan" 1 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda qoldi.

International Champions Cup
Santa-Klara, AQSh

Liverpul (Angliya) – Milan (Italiya) – 2:0 (0:0)
Gollar: Origi (59), Firmino (73)
«Liverpul»: Minole, Aleksandr-Arnold (Klayn, 46), Lovren (Uizdom, 75), Klavan (Rendell, 75), Milner (Odjo, 62), Xenderson (Brennagan, 75), Veynaldum (Moreno, 46), Lallana (Styuart, 46), Mane (Markovich, 46), Koutino (Firmino, 46), Starridj (Oriji, 46).
«Milan»: Gabriel, Abate, Romanoli (Paletta, 46), Vergara, Antonelli (Kalabria, 69), Bertolachchi (Kutska, 33), Montolivo, Dzanellato (Poli, 46), Suso (Bonaventura, 68), Luis Adriano (Matri, 46), Nyang (Xonda, 69).
Ogohlantirish: Lallana (40).

Top