Venger: Mahrez va Lyakazett deysizmi? Transferlarni imi-jimida amalga oshirish kerak
"Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger "Lester"dan Riyoz Mahrez va "Lion"dan Aleksandr Lyakazettning londonliklar jamoasiga o‘tish ehtimollari borasida fikr bildirdi.
"Mahrez va Lyakazett? Yaxshisi transferlar rasmiylashtirilmagunicha - ular haqida ko‘p gapirmagan ma'qul. Biz transferlar bozorida ishlayapmiz, qaysidir futbolchining tarkibimizga o‘tayotgani haqida muhokama qilishni istamaymiz, bu ishimizni qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, men mavsum boshlanguniga qadar markaziy himoyachi bilan shartnoma tuzishga umid qilmoqdaman.
Men jamoani kuchaytira oladigan futbolchilarnigina sotib olyapman. Hozirgi paytda qaroringni to‘g‘ri ekanligini anglash juda muhim. Murabbiy sotib olinayotgan futbolchilar uchun mas'uldir. Hozir fikrlar ko‘p, bozorda ko‘p pullar sarflanyapti. Ammo Yevropada "Arsenal"ni kuchaytira oladigan futbolchilar ko‘p emas.
Biz jamoani kuchli qilishimiz kerak. O‘tgan mavsum premer-ligada 18ta jamoadan kuchli bo‘ldik. Bu safar esa 19ta jamoadan kuchliroq bo‘lishimiz kerak", - deya Vengerning so‘zlarini keltiradi "Arsenal" jamoasi rasmiy sayti.
Qayd etish kerakki, yozgi transferlar vaqtida Jyeymi Vardi va Gonsalo Higuainning londonliklar jamoasiga o‘tishi haqida ko‘p gapirildi, ammo bunday bo‘lib chiqmadi. Granit Chaka va Rob Holding kabi futbolchilarning transferi esa "imi-jimida hal qilindi".
Manba: Tribuna.uz