Almazbek Atambayev: “Men mamlakat pasportiga oddiygina qilib “Qirg‘iziston fuqarosi” deb yozish tarafdoriman”
«Men Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolik pasportiga shunchaki “Qirg‘iziston fuqarosi” deb yozish tarafdoriman», - dedi mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev 1 avgust jurnalistlar bilan uchrashuv vaqtida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha rivojlangan davlatlarda mana shu usul qo‘llaniladi. Pasportga uning qaysi mamlakat fuqarosi ekanligi yoziladi xolos.
«Agar o‘zingni qirg‘iz hisoblasang, pasportinga “efiop” deb yozgan taqdiringda ham qirg‘izligingcha qolasan. Qirg‘iziston fuqarolik pasportidagi beshinchi xatboshi shunchaki o‘yin, millatchilikni qo‘zg‘ashdir. Biz – sivilizatsiyaga erishgan mamlakatmiz va oldinga intilishimiz kerak. Birlikka erishishni istasak, unda mamlakatdagi har bir kishi o‘zini Qirg‘iziston fuqarosi deb hisoblashiga harakat qilmog‘imiz lozim. Rivojlangan dunyoda millat atamasi o‘zgacha mohiyat kasb etadi. Shu sabab fuqaroviy holat mamlakatni birlashtiradi», - dedi Almazbek Atambayev.