Jahon | 21:19 / 01.08.2016
6536
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistondagi toshqin hududida 4,5 mln ga yaqin odam qolmoqda

Google image

Hindiston yarimorolining shimoliy va sharqiy qismlariga yopirilgan kuchli musson yomg‘irlari sababli Hindistonda yuz bergan kuchli toshqin hududida 4,5 mln ga yaqin odam qoldi. Ob-havo mutaxassislarining ogohlantirishicha, yomg‘irlar yana bir necha kun davom etishi mumkin. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillariga iqtibos keltirgan holda NDTV telekanali xabar bermoqda.  

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p Bixar shtati talofat ko‘rgan, bu yerda toshqin hududida 2,7 mln kishi qolmoqda. Assam shtatidagi toshqin hududlarida 1,6 mln kishi qolmoqda.

Tabiiy fojia va chaqmoq urishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 75 kishiga yetgan.  

Assamdagi talofat hududida mashhur Kaziranga qo‘riqxonasi ham qolgan. Qo‘riqxona xodimlarining aytishicha, 200 ga yaqin hayvon toshqin qurbonlariga aylangan, ular orasida 16 ta noyob bir shohli karkidonlar ham bo‘lgan.