Jahon | 18:49 / 01.08.2016
4558
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya politsiyasi dengiz yo‘li bilan olib o‘tilishi mo‘ljallangan 8 tonna gashishni fosh etdi

Google image

Ispaniyaning huquqni muhofaza qilish organlari giyohvand moddalarini noqonuniy aylantirishga qarshi o‘tkazilgan operatsiya davomida 8 tonna gashish moddasini qo‘lga olishdi. Bu haqda qirollik ichki ishlar vazirligi xabar bermoqda.

Tashkilot ma'lumotiga ko‘ra, politsiya gashishni dengiz yo‘li bilan tashuvchi jinoiy guruh faoliyatini fosh etgan. Ma'lum bo‘lishicha, Kolumbiya va Ispaniya fuqarolaridan iborat 12 kishi qo‘lga olingan.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Kartaxen qirg‘oqlaridagi kemadan ham giyohvand moddalari topishgan.