Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 13:00 / 01.08.2016
11576
1 daqiqa o‘qiladi
KXDR partiya generali 40 mln dollar bilan “juftakni rostladi”
Partiya generali 40 mln dollarni o‘marib, Shimoliy Koreyadan qochib qoldi, deb xabar qilmoqda KBS telekanali.
«Qochqin Koreya Mehnat partiyasining chet ellarda ishlaydigan KXDR fuqarolaridan mamlakatga xorijiy valyuta tushumini nazorat qiluvchi 39-bo‘limida faoliyat yuritgan», — deyiladi xabarda.
Telekanal xabariga ko‘ra, harbiy mulozim «shu yilning iyul oyi o‘rtalarida qochishni amalga oshirgan va ayni vaqtda oila a'zolari bilan Xitoyda bo‘lib turibdi. Bu yerdan u uchinchi mamlakatga o‘tishni rejalashtirmoqda».
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish