Jahon | 18:31 / 01.08.2016
3414
1 daqiqa o‘qiladi

London metrosi yo‘lovchilariga pichoq bilan hujum qilgan shaxs umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi

Foto: news.sky

2015 yil dekabrida Londonning «Leytonstoun» metro bekatida yo‘lovchilarga pichoq bilan hujum qilgan jinoyatchiga umrbod qamoq jazosi tayinlandi, deb xabar qilmoqda Sky News telekanali.

Qayd etilishicha, 30-yoshli Muhiddin Mayer faqatgina 8,5 yildan so‘ng, muddatidan avval ozodlikka chiqish bo‘yicha ariza topshira oladi. 

Eslatib o‘tamiz, pichoq bilan qurollangan Mayerning hujumidan 3 kishi jabrlangan edi. Politsiyaning ma'lum qilishicha, ulardan biri og‘ir tan jarohati olgan bo‘lsa, ikkisi o‘rtacha yaralangan. Jinoiy ish to‘plamida aytilishicha, Mayer jabrdiydalaridan birining boshini tanasidan juda qilmoqchi bo‘lgan. U, jinoyatni sodir etishda «suriyalik birodarlari uchun» qon to‘kmoqchi ekanini aytgan.