Jamiyat | 16:02 / 01.08.2016
6039
1 daqiqa o‘qiladi
Rouling Garri Potterning sakkizinchi qismini eng so‘nggisi ekanligini bildirdi
Britaniyalik yozuvchi Joan Rouling Garri Potterning sakkizinchi qismini eng so‘nggisi bo‘lishini bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki qismdan iborat yangi sarguzashtda Garri “juda katta sayohatni boshidan o‘tkazadi”. “Shundan so‘ng, biz tugatsak ham bo‘ladi. Men barchasi ajoyib tarzda hayotiylashtirilganidan minnatdorman”, – qo‘shimcha qildi u.
Sakkizinchi qism – “Garri Potter va la'nati bolalar” pesa shakliga keltirilib, sahnalashtirilgan. Spektakl davomiyligi besh soatdan iborat. Shu sabab uni ikki qismga ajratishgan. Chiptalar 2017 yil may oyiga qadar oldindan sotib bo‘lingan.