Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: Avstraliya so‘nggi 22 yil ichida o‘z joyini 1,5 metrga o‘zgartirdi
Tektonik o‘zgarishlar sabab Avstraliya qit'asi so‘nggi 22 yil ichida shimolga qarab bir yarim metr masofaga siljigan. Bu haqda avstraliyalik olimlar ma'lumotiga asoslanib, ScienceAlert xabar bermoqda. Ushbu xulosaga GPS-o‘lchovlar orqali kelingan.
Avstraliya hukumati sharoitdan kelib chiqqan holda qit'aning rasmiy geografik koordinatsiyalarini o‘zgartirishga tayyor.
Avstraliya qit'asi sayyoradagi barcha qit'alar ichida eng tezi hisoblanadi. U shimol va ozgina g‘arbga har yili soatiga 7 sm tezlik bilan siljib bormoqda. Bu o‘zgarishlar kuchli zilzilalarga sabab bo‘lmoqda.