Jamiyat | 18:40 / 01.08.2016
5169
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Pushkin maydoniga quyosh energiyasidan quvvatlanuvchi ko‘cha chiroqlari o‘rnatildi

Google image

O‘zbekistonda 2016 yil so‘ngiga qadar 400 ta quyosh fotoelektrstansiyasi o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashkilot ma'lumotiga ko‘ra, «Eko-Energiya» ilmiy-tadqiqot markazi 2016 yilning birinchi yarim yilida 197 ta ana shunday stansiya o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.
«Joriy yil so‘ngiga qadar neftegaz va kimyo sanoatida, maktab va tibbiy muassasalarda, Mehribonlik va Qariyalar uyiga hamda fermer xo‘jaliklarida ana shunday stansiyalar ish boshlaydi», - deyiladi qo‘mita xabarida.

Bundan tashqari, tashkilotning xabar berishicha, Toshkentdagi Pushkin maydonida akkumulyatorli quyosh energiyasida ishlovchi diodli ko‘cha chiroqlari ishga tushirilgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, ular soni 20 tani tashkil etadi.

Ushbu ishlar “O‘zbekiston Respublikasida ekologik tashabbuslarni amalga oshirish” loyihasi asosida olib borilmoqda.