Sport | 21:21 / 01.08.2016
6457
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon chempionati vaqti moskvaliklar shahardan chiqarib yuborilmaydi

Moskva shahri meri Sergey Sobyaninning ta'kidlashicha, 2018 yilgi jahon chempionati vaqtida moskvaliklar hech qayerga ketishmaydi.

Xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda. Biz ham FIFA, ham xavfsizlik tashkilotlari talablaridan kelib chiqib harakat qilamiz.

Ko‘pchilik 80-yilgi Olimpiadada bo‘lgani kabi moskvaliklar shahardan vaqtinchalik chiqib turishlari haqida aytishmoqda, lekin bunday bo‘lmaydi. Bu jahon chempionati, Olimpiada emas. Moskvadagi ikkitagina stadionda o‘yinlar bo‘ladi.

Stadionlardan biri 81 minglik, boshqasi 40 ming. Moskvadagi mehmonxonalarning o‘zida 100 mingta joy bor. Agar odam ko‘payib ketsa, kunlik kvartiralar, teploxodlar va shunga o‘xshash chora-tadbirlar bilan hammasini hal qilamiz»,- deydi Sobyanin.

Manba: Tribuna.uz