Jamiyat | 18:36 / 02.08.2016
9131
1 daqiqa o‘qiladi

"Aeroportdagi Majnun": U shu yerda “onlayn ma'shuqa”sini 10 kun kutdi

Gollandiyalik Aleksandr Piter Kirk onlayn-tanishuv sayti orqali 26 yoshli Chjan (Zhang) ismli qiz bilan tanishib qoldi. Ikki oylik suhbatlardan so‘ng yigit qizga syurpriz qilmoqchi bo‘ldi va Xitoyga uchdi. Buning tasdig‘i sifatida parvoz chiptasining suratini qizga jo‘natdi.

Yigit Xitoyga uchib kelgach, aeroportda uni hech kim kutib olmadi. U qizni kutish zalida oz emas ko‘p emas 10 kun davomida kutdi. Charchoqlar sabab uning ahvoli og‘irlasha boshladi.

Xitoyning CCTV News nashri Chjan bilan bog‘landi. Uning so‘zlariga ko‘ra, niderlandiyalikning parvoz chiptasi aks etgan suratini hazil, deya tushungan. Jurnalistning “Nega Kirk bu yerga kelgach, siz bilan bog‘lana olmadi?”, degan savoliga qiz “Shunchaki telefonimni o‘chirib qo‘ygan edim”, deya javob qaytargan.