Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 11:56 / 02.08.2016
12473
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh takomillashtirilgan atom bombasini ishlab chiqarishni boshladi
AQSh milliy yadro boshqarmasi (NNSA) atom bombasining takomillashtirilgan namunasi - B61-12ni ishlab chiqarish loyihasiga start bergan. Bu haqda, NNSA saytida xabar qilingan. Xabarlarga ko‘ra, boshqarma loyihasi hozircha muhandislik bosqichida. U, 2020 yildan sanoatda ishlab chiqarila boshlanadi.
NNSA rahbari Frenk Klottsning qayd etishicha, V61 bombasini modifikatsiya qilish AQSh aslahalari qatorida turgan eski tarkiblar hisobidan amalga oshiriladi. Bu mazkur tizimni kamida 20 yil qo‘llash imkonini beradi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish