Jahon | 22:18 / 02.08.2016
30026
1 daqiqa o‘qiladi

Halablik yosh qahramon. «Sen kichkina jussang bilan vahshiylarni qo‘rqitdingki, ular seni o‘ldirishdi...»

Oxirgi kunlarda Suriyaning Halab shahrida Qusay Abtini nomini tez-tez tilga olishmoqda. Qusay atigi 14 yoshda edi. U Suriya prezidenti Bashar Asadning olib borayotgan siyosatiga qarshi roliklar va shoularda qatnashar, rol o‘ynar edi. U 10 yoshidan mana shunday komediyalarda rol o‘ynab keladi.

Halabda yashash u uchun xavfli bo‘lib qoldi va yosh aktyor qochib ketishga qaror qildi, biroq... U qochib ketayotganda shaharda navbatdagi otishma boshlanib ketdi. Yosh aktyor halok bo‘ldi.

Al Jazeera'ning ma'lumot berishicha, u o‘ldirilgan bo‘lishi ham mumkin.

Ko‘chalarda odamlar halok bo‘lgan bolakayni qahramon deb atashmoqda. Shaharda «Sen kichik qahramonsan. Rollaring bilan bu vaxshiylarni qo‘rqitdingki, ular seni o‘ldirishdi» deb yozilgan plakatlarni ko‘rish mumkin.