Jahon | 19:09 / 02.08.2016
11213
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Putin bilan uchrashuv mavzusi haqida fikrlarini bildirdi

Foto:rosinform.ru

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin bilan avgust oyida bo‘lajak uchrashuvida ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik va Rossiyaning Su-24 bombardimonchi samolyoti urib tushirilishi bilan yuzaga kelgan inqirozni muhokama etish niyatida ekanini bildirgan.

"Men 9 avgust kuni Sankt-Peterburgda Rossiya prezidenti bilan bizning iqtisodiy hamkorligimizni hamda Rossiya samolyoti bilan bog‘liq inqirozni muhokama etaman", — degan Erdo‘g‘an Anqaradagi iqtisodiy forumda chiqish qilar ekan.