«MYu» muxlislari Shvaynshtaygerga munosabati uchun Mourinodan norozi bo‘lishmoqda
«Manchester Yunayted» jamoasi muxlislari jamoaning 32 yoshli yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtaygerni yoshlar jamoasi bilan shug‘ullanishga jo‘natgani uchun bosh murabbiy Joze Mourinoni tanqid qilishmoqda.
Jamoaning yangi bosh murabbiyi sobiq bosh murabbiy Lui van Gaal tomonidan tarkibga olib kelingan ushbu germaniyalik futbolchini o‘z rejalariga kiritmagani haqida ma'lum qilgan hamda uni 7 nafar futbolchiga qo‘shib yoshlar bilan shug‘ullanishga yuborgandi.
Shundan so‘ng, futbolchi o‘ziga yangi jamoa izlashga tushgan.
«Manchester Yunayted» fanatlari Mourinoning "Instagram"ga qo‘ygan oxirgi surati ostida o‘zlarining noroziliklarini izhor etishgan. Shu vaqtgacha Shvaynshtaygerni tarkibda olib qolishni so‘rab 2 mingdan ortiq muxlis fikr qoldirgan.
Ko‘pchilik #saveschweinsteiger heshtigi bilan yozmoqda va ularning asosiy qismi murabbiyni tanqid qilmoqda.
Bastian Shvaynshtayger o‘tgan mavsumda «MYu» safida 20 o‘yinda maydonga tushdi.
Manba: Tribuna.uz