Peskov Putinning siyosat olamidagi do‘stlari bilan aloqasi haqida gapirib berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putinning davlat rahbarlari bilan aloqasi haqida gapirib berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilgan.
«Prezident dunyoning bir qator mamlakatlari yetakchilari bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatgan. U bunday harakatlar mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishiga olib keladi, deb hisoblaydi.
Lekin bir narsani eslatib qo‘ygan bo‘lardim, prezident har doim eng avval Rossiya manfaatlaridan kelib chiqqan holda aloqalarni yo‘lga qo‘yadi. Shaxsiy munosabatlarni bunga aralashtirmaydi. Prezident mana shu narsani doim takrorlaydi»,- deydi Peskov.
Uning ta'kidlashicha, Putin Yevropaning yangi yetakchilari bilan ham imkon qadar do‘stlashishga harakat qiladi. Rossiya yetakchisi bunday ishlar mamlakatlar o‘rtasidagi muammolar kelib chiqmasligini ta'minlaydi deb hisoblaydi.
Shu yilning iyun oyida Foreign Policy jurnali Donald Tramp va Vladimir Putinga birga dzyudo bilan shug‘ullanishni taklif qilgan edi. O‘z nutqlaridan birida Tramp bunga xohishi yo‘q emasligini bildirgan.