Sudya qo‘shiq eshitish uchun sud zalidagilarni chiqarib yubordi
Rossiyaning Novosibirsk viloyatida o‘ziga xos sud bo‘lib o‘tdi. Rossiya madaniyat vazirligining viloyat bo‘limi qo‘shiqchi Sergey Shnurovning so‘kinishlarga va bemaza so‘zlarga boy qo‘shig‘i sabab uning chiqishlariga homiylik qiladigan «Megapolis» MChJni sudga bergan.
MChJ esa Shnurovni qo‘shiqlar davomida so‘kinmasligi borasida rasman ogohlantirganini, barchasiga uning o‘zi aybdor ekanini ta'kidlagan. Shundan keyin ishni ko‘rib chiqayotgan sudya Skorodumova barchaning zaldan chiqib ketishini so‘ragan va o‘zi Sergey Shnurovdan o‘sha, «Piterda ichish kerak» qo‘shig‘ini kuylab berishini so‘ragan.
Iyun oyida Shnurov shunday qo‘shiqlar kuylagandan keyin diniy rahnamolar mahalliy hokimiyatdan uning konsertlariga chek qo‘yish kerak ekanini aytishgan, lekin barchasi o‘z holicha qolavergan. Shnurovning ko‘plab qo‘shiqlarida hamon so‘kinishlar uchrab turadi.