O‘zbekiston | 19:03 / 02.08.2016
10449
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent rossiyalik sayyohlar orasida MDHdagi qiziqish yuqori shaharlar o‘nligida qayd etildi

Foto: “365dayholidays.com”

Rossiyalik sayyohlarning O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga qiziqishi darajasi oshmoqda.

Rossiyadagi «RoomGuru.ru» sayyohlik servisi 2016 yilda rossiyalik sayyohlar orasida MDH mamlakatlarining eng ommabop bo‘lgan shaharlarini aniqladi. Mazkur reytingda Toshkent shahri 7-o‘rinda qayd etilgan.

Reyting sayyohlik servisi ekpertlari tomonidan 2016 yilning birinchi yarimida (1 yanvardan 31 iyulgacha bo‘lgan vaqt oralig‘i) mehmonxonalarning bron qilinishi bo‘yicha ma'lumotlar asosida tuzilgan.

Belarus poytaxti Minsk shahri rossiyalik sayyohlar orasida MDH mamlakatlarining eng ommabop shahri ekani ma'lum bo‘ldi. O‘ntalikda shuningdek, Olmaota, Boku, Ostona, Yerevan, Kiyev, Bishkek, Vitebsk va Kishinyov shaharlari joy olgan.

MDHdagi shaharlar orasida eng qimmat shahar - Ostona hisoblanadi. Qozog‘iston poytaxtida mehmonxonalar narxi 3,5 ming rublni tashkil qiladi. Eng arzon shahar esa Qirg‘iziston poytaxti Beshkek. Bu shaharda mehmonxonalar uchun o‘rtacha narx – 1900 rubl.