18:43 / 02.08.2016
7199

Tojikiston 2016 yilgi paxta hosilini salkam 30 foizga oshirdi

Google image

Tojikiston 2016 yilda o‘tgan yilga nisbatan 29,6 foizga ko‘proq paxta hosili olishni kutmoqda. Bunga hosildorlikni oshirish bilan erishilishi aytilmoqda, deb xabar qilgan Reyter agentligi mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda. 

"Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yili 350 ming tonna paxta tolasi yetishtiriladi", - deb xabar qilgan qishloq xo‘jaligi vzirligi. 

2015-yili Tojikistonda paxta xom-ashyosini yetishtirish 2014-yil bilan taqqoslaganda 27 foizga qisqarib, 270.041 tonna hosil olingan edi. 

Paxta tolasi, Tojikiston eksportining alyuminiy bilan birga asosiy mahsulotlaridan biri hisoblanadi.

Top