Tramp Qrim deb Uchinchi jahon urushi boshlanishi haqidagi gaplari uchun "sodda bola" deb ataldi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning Qrim deb Uchinchi jahon urushi boshlanishi haqidagi gaplari dunyoning yetakchilarini ochiqligi bilan karaxt qilishi mumkin. Bunday fikrni 2 avgustda Rossiya Mudofaa va xavfsizlik federatsiyasi kengashi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Frants Klintsevich bildirdi.
"Donald Tramp ba'zida sodda, buzilmagan bolani eslatadi. Tramp AQShning Rossiyadan kuch bilan Qrimni tortib olishga urinishi Uchinchi jahon urushini keltirib chiqarishi mumkinligini aytib, barcha yetakchi davlatlar rahbarlari o‘ylayotgan, biroq aytishga botina olmayotgan gapni aytdi", deb ta'kidlab o‘tdi Klintsevich.
Klintsevichning fikricha, bu gaplarga dunyoda "karaxt, taajjub" munosabat bo‘ldi. "Ha biz Rossiyada haq gapni tap tortmay aytilishidan biroz hayratlandik. Anchadan beri bunday yuqori darajada bunday siyosiy fenomen bilan uchrashishga to‘g‘ri kelinmagandi", deb aytdi senator.
Uning aytishicha, xalqaro munosabatlarga "hozirda aynan samimiylik va to‘g‘riso‘zlik yetmayapti". Senatorning aytishicha, siyosatchilarning bu jihatlari dunyoni xavfsizroq qilgan bo‘lardi.