Sport | 16:38 / 02.08.2016
7740
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya terma jamoasi JCh-2018 saralashidan chetlatilishi mumkin

Turkiya futbol federatsiyasi davlat idoralarining tashkilot ishiga aralashishi sababli UYeFA va FIFA a'zoligidan chiqarilishi mumkin. 

Bu esa mamlakat milliy terma jamoasining JCh-2018 saralashida qatnashmasligiga sabab bo‘ladi. Bu haqda Turkiyaning saralashdagi raqiblaridan biri bo‘lmish Ukrainadagi terrikon.com sayti xabar tarqatdi.

1 avgust kuni Turkiya futbol federatsiyasining barcha xodimlari iste'foga chiqarilgani e'lon qilingandi.

Bundan tashqari, xodimlar haqidagi barcha ma'lumotlar hukumat vakillariga berilgandi.

Qayd etilishicha, Turkiyada davlat to‘ntarishi amalga oshirilishi bilan bog‘liq ravishda boshlangan tergov ishlari doirasida federatsiya shu ishga qo‘l urishga majbur bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, FIFA tartiblariga ko‘ra, mamlakat futbol federatsiyasining ishiga davlat idoralarining aralashishi mumkin emas.

Manba: Tribuna.uz