O‘zbekiston | 10:34 / 02.08.2016
5674
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» 2016 yilning 1-yarmida qariyb 1,2 mln yo‘lovchi tashidi

Foto: «O‘zbekiston havo yo‘llari»

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 2016 yilning birinchi yarmi davomida 1 million 176,9 ming yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazib, 10671 reysni amalga oshirdi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar qildi.

Reyslardagi tashilgan yo‘lovchilarning o‘rtacha soni 2015 yilning xuddi shu davriga nisbatan o‘sdi va 111 nafarga yetdi. Uzoq xorij yo‘nalishlarida reyslar va yo‘lovchilar sonining ortgani kuzatildi.

6 oy davomida milliy aviakompaniya samolyotlarida pulli qo‘l yuklari va pochta jo‘natmalarini hisobga olganda 19,7 ming tonna yuk tashilib, bu boradagi o‘sish ko‘rsatkichi 7,5 foizni tashkil etdi.