Jahon | 17:52 / 02.08.2016
5778
1 daqiqa o‘qiladi
Vatikan nashri Hitlerning «o‘lim pechlari»ni «polyak konslageri» deb yozib yubordi
Vatikanning «Il Sismografo» nashri Rim Papasining Polshaga tashrifini yoritar ekan jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi. Ular «natsistlar konslageri» deb yozishning o‘rniga «polyak konslageri» deb yozib yuborishgan.
Rim Papasi Polshaga tashrifi chog‘ida fashistlar Xolokost o‘tkazgan konslagerga ham tashrif buyurdi. Reportaj o‘sha tashrif haqida bo‘lgan.
Aushvits-Birkenau konslageri Polshaning Osventsim shahrida joylashgan bo‘lib, 1941-45 yillarda unda 1,4 million kishi qatl qilingan. Ulardan 1,1 millioni yahudiylar bo‘lgan.
Bu konslagerda odamlar tiriklayin yoqilgan va uni «o‘lim pechlari» deb atashgan.