Jamiyat | 13:32 / 02.08.2016
4986
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy koreyalik mutaxassislar o‘zbekistonlik bolalarda jarrohlik amaliyoti o‘tkazadi

2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 4 nafar o‘zbekistonlik bola Koreya Respublikasiga yo‘l olishdi. Ushbu mamlakat malakali tibbiyot mutaxassislari yosh bemorlarda jarrohlik amaliyotini o‘tkazishadi. 

«Sog‘lom avlod uchun» jamg‘armasi matbuot xizmati xabar qilishicha, 2016-yil may oyida Toshkentda, Koreya respublikasi Cha universiteti qoshidagi «Pundan Cha» shifoxonasi shifokorlari yurak porogi bilan tug‘ilgan 27 nafar bemorni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan. 

Ularning tekshiruvlari natijasida, O‘zbekistonning turli mintaqalarida istiqomat qiluvchi 2 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 4 nafar bola Koreyada tug‘ma yurak nuqsonini bartaraf etish bo‘yicha bepul jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun tanlab olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish